Hisob yuborish API
Ushbu API orqali merchant Xazna’da buyurtma yaratadi va mijozga telefon raqami bo‘yicha to‘lov hisobini yuboradi. Shundan so‘ng merchant buyurtma va to‘lov holatini tekshirishi mumkin.
| Metod | Endpoint | Vazifasi |
|---|---|---|
| Buyurtma yaratish | POST /api/v1/billing/create/order | Buyurtma yaratish va hisobni telefon raqamiga yuborish. |
| Buyurtmani tekshirish | POST /api/v1/billing/check/order | Buyurtma holatini tekshirish. |
| To‘lovni tekshirish | GET /api/v1/billing/check/transaction | Tranzaksiya holatini uning identifikatori bo‘yicha tekshirish. |
Ulanish parametrlari
Integratsiyadan oldin Xazna merchantga quyidagilarni taqdim etadi:
- Username va password — autentifikatsiya uchun ma'lumotlar;
- MerchantId — merchantning noyob identifikatori (
merchantId); - Base URL — API manzili, masalan
https://xazna.uz.
Autentifikatsiya
Barcha so‘rovlar HTTP Basic autentifikatsiyasi bilan yuboriladi: Authorization sarlavhasida login va parol base64(username:password) ko‘rinishida uzatiladi.
http
Authorization: Basic base64(username:password)
Content-Type: application/json
Accept: application/jsonJavob formati
Barcha metodlar javobni yagona formatda qaytaradi:
json
{
"data": {
"orderId": "string"
},
"errorMessage": "",
"timestamp": 1753436810922
}| # | Parametr | Turi | Tavsif |
|---|---|---|---|
| 1 | data | Object | So‘rov natijasi. Xatolik bo‘lsa — null. |
| 2 | errorMessage | String | Xatolik matni. So‘rov muvaffaqiyatli bo‘lsa — bo‘sh satr. |
| 3 | timestamp | Long | Javob vaqti millisekundlarda. |
Agar data qiymati null bo‘lmasa va errorMessage bo‘sh satr bo‘lsa, so‘rov muvaffaqiyatli bajarilgan. Xatoliklar ro‘yxati Xatoliklar sahifasida keltirilgan.
Summalar tiyinda
Barcha summalar (amount) tiyinda uzatiladi: 1 so‘m = 100 tiyin. Masalan, 100000 — bu 1 000 so‘m.