O‘zaro aloqa sxemasi
Umumiy sxema
Xaridor to‘lovga yo Xaznaning to‘lov interfeyslari orqali, yo merchant to‘lov interfeyslari orqali keladi. So‘ngra Xazna invoysni o‘z to‘lov tizimiga yuboradi, u esa merchant billingiga uchta so‘rov bilan murojaat qiladi: info, pay va check.
To‘lov ketma-ketligi
Tomonlarning vazifalari
| Ishtirokchi | Mas'uliyat |
|---|---|
| Merchant | To‘lov havolasini shakllantiradi, info, pay, check metodlarini amalga oshiradi, invoyslarni hisobga oladi. |
| Xazna | To‘lov formasini ko‘rsatadi, mablag‘ni yechadi, natija haqida merchant billingini xabardor qiladi. |
| Foydalanuvchi | Xazna interfeysida to‘lovni tasdiqlaydi. |
Idempotentlik
Aloqa uzilganda Xazna pay so‘rovini takrorlashi mumkin. Bir xil xaznaTransactionId bilan kelgan takroriy chaqiruvni muvaffaqiyatli deb qayta ishlang va invoysni ikki marta yopmang — buning uchun -2 «Invoys allaqachon to‘langan» xatoligi mavjud.